Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Blatter va Platinini sudga berdi
Foto: Getty Images
16 dekabr kuni FIFA tashkilot sobiq rahbari Yozef Blatter va sobiq vitse-prezidenti Mishel Platini ustidan Shveytsariya sudiga murojaat qildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.
FIFA 2011 yilda fransuzga asossiz to‘langan 2 million yevroni qaytarishni talab qilmoqda. Hattoki Shveytsariya Federal Oliy sudi 2 million yevro miqdoridagi ushbu sovg‘ani «asossiz to‘lov» deya hisoblanishini tasdiqladi.
Sud hukmi bilan ikki million yevro sobiq rahbarlar tomonidan qaytarib berilsa, qaytarilgan mablag‘ foizlar, qo‘shimcha intizomiy xarajatlar va jarimalar ko‘rinishida birinchi navbatdagi FIFAning futbolni rivojlantirish dasturiga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Yozef Blatter va Mishel Platini 2015 yilda 8 yilga futbolga aloqador ishlardan chetlatilgandi. Keyinchalik bu muddat 6 yilga qisqartirildi.
Mavzuga oid
20:36 / 19.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida ishtirok etadi
18:34 / 14.01.2026
Agar yaxshi o‘ynasak, O‘zbekiston butun dunyodan muxlislar orttiradi – Shomurodov
18:21 / 31.12.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchun yangi mukofot ta’sis etdi
19:58 / 29.12.2025