Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JICA O‘zbekistondagi loyihalarga 3,5 milliard dollar ajratadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan ko‘p yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan yangi dastur o‘zaro kelishib olindi.

Kichik va o‘rta biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta'lim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.
O‘zbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:00 / 24.12.2025
Ipak Yuli Bank va JICA mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
18:10 / 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi
16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi
14:15 / 12.07.2024