Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan Quvada Farğona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilgan yiğilişda tumanlar mahalliy budjetida mablağni köproq qoldiriş maqsadida jismoniy şaxslardan daromad soliğini yarmini tuman budjetida qoldiriş masalasini körib çiqiş topşirildi.

Qayd etilişiça, bu yil “Taşabbusli budjet” doirasida Farğonadagi 266 ta loyihaga 340 mlrd söm ajratilgan. Lekin uç oydan beri köplab loyihalar böyiça hali amaliy iş boşlanmagani davlat rahbari tomonidan qattiq tanqid qilingan.

Prezident şu oyni özida “Taşabbusli budjet”ga viloyat budjetidan hozirgaça berilmagan mablağlarni ötkazib berişni topşirgan. Buning hisobiga 35 ta mahalladagi elektr, gaz va yöl masalasi hal böladi.

Davlat rahbari tomonidan tumanlar mahalliy budjetida mablağni köproq qoldiriş maqsadida jismoniy şaxslardan daromad soliğining yarmini tuman budjetida qoldiriş masalasini körib çiqiş topşirilgan.

Bu imkoniyat öşa hudud infratuzilmasini rivojlantirişda katta imkoniyat yaratadi.

Jurnalist Qobil Xidirovga köra, bu imkoniyat orqali çekka hududlardagi maktablar ta’mirlanişi, boğçalar qurilişi, yöllarning sifati yaxşilanişi uçun qöşimça resurs paydo bölmoqda.

“Davlat rahbarining mazkur topşiriqni berişidan anglaş mumkinki, uşbu mablağlar ortidan infratuzilma rivojlantiriladi. Ya’ni, tumanlardagi şaffof, öz işini töğri qiladigan tadbirkor xodimiga "keş" emas, rasmiy maoş beriş orqali daromad soliği tölasa faqat va faqat özi yaşaydigan hududga foyda keltirgan böladi.

Yillab gapirib kelinadigan çekka hududlardagi maktablar ta’mirlanişi, boğçalar qurilişi, yöllarning sifati yaxşilanişi uçun qöşimça resurs paydo böladi. Bundan esa yutadigan esa faqat xalq, tadbirkorning şaffof işlaşi bunga sababçi bölib qoladi, deb umid qiliş mumkin”, deb yozgan jurnalist öz blogida.

Iqtisodçi Otabek Bakirov uşbu taşabbusni salohiyatli soliq tölovçilar uçun hududlar örtasida raqobat paydo bölişiga ham olib keluvçi omil deya baholadi.

“Soliqlarni ular yiğilayotgan hududlarning özida qoldiriş yangi davr boşlanganda e’lon qilingan markazsizlantiriş siyosatining tarkibiy qismi. Bu joylarda mas’uliyatli iş beruvçilar faoliyatini oqartirişga turtki berişdan taşqari örta va uzoq istiqbolda salohiyatli soliq tölovçilar uçun hududlar örtasida raqobat paydo bölişiga ham olib keladi. Tasavvur qiling, aytaylik, mingta xodimga iş beruvçi biznes Quvaga ham, şundoq uning yonidagi Marhamatga ham kerak. Bir neça yuz milliard soliq hududida qolişi uçun hokimtöralar endi istaydimi, yöqmi, biznesga böyin egişga, qayişişga ötadi.