Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Navoiydagi IES qurilishi uchun kredit ajratadi
Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ko‘plab kelishuvlar imzolandi. Yaponiya tomoni O‘zbekistondagi qator loyihalar, xususan IESlarni modernizatsiyasi qilish uchun kredit ajratishi uchrashuvlar davomida aytildi.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe OAV uchun o‘tkazilgan brifingda mamlakat Navoiydagi yangi IES qurilishi uchun iyenada kredit berilishini ma'lum qildi. Ajratiladigan kredit hisobidan «Navoiy IESni modernizatsiyalash» dasturi doirasida yuqori enegriya samaradorligiga ega bo‘lgan uchinchi bug‘-gaz qurilmasi (Navoiy-3) barpo etiladi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi boshqa IESlarni modernizatsiya qilish, amaldagi bug‘-gaz qurilmalari uchun ehtiyot qismlar yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun ham iyenada kredit ajratiladi. Tomonlar bu borada imzolangan notalarni almashdi.
Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolangan qo‘shma bayonotda Yaponiya Navoiy-4 IESini barpo etish uchun ham kredit ajratishi muhokama qilinayotgani ta'kidlangan.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
07:18 / 09.05.2026