Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
Energetika vazirligi tarkibida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Aziz Dilmurodovich Vohidov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston prezidentining qarorlari asosida Energetika vazirligining vakolatlariga davlat organlari va tashkilotlarda zamonaviy energosamarador va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda energoresurslar iste'moli samaradoriligi monitoringini amalga oshirish kiradi.
Bundan oldin, Energetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Energetika vazirligining Metodologiya va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i, Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i tayinlangandi.
Mavzuga oid
22:13 / 29.12.2025
30 dekabrdan barcha «metan zapravka»lar 24 soatlik ish rejimida ishlaydi – Energetika vazirligi
12:01 / 12.12.2025
Gaz yo‘q hududlardagi iste’molchilar uchun elektrga 50 foiz chegirma berilishi mumkin
16:39 / 11.12.2025
«Metan zapravka»lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda
18:45 / 30.11.2025