Jamiyat | 18:23 / 28.12.2019
70937
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda mudhish YTH: 4 kishi halok bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2019 yil 28 dekabr kuni soat taxminan 14:30da 20 yoshli F.J. boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli avtomashinasida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Ko‘ktosh mahallasidan o‘tuvchi «4R-84 Yakkabog‘-Chiroqchi» yo‘li bo‘ylab harakatlanib kelib o‘zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda yo‘lning 35-km.da 41 yoshli I.N. boshqaruvidagi «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada «Nexia-2» rusumli avtomashina haydovchisi F.J. va 3 nafar yo‘lovchi hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan.

Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid