Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada halokatga uchragan samolyot qora qutilari Moskvaga beriladi
Bek Air aviakompaniyasining 27 dekabrda Olmaotada halokatga uchragan yo‘lovchi samolyoti qora qutilari, ya'ni bort qayd qilgichlari Moskvadagi Davlataro aviatsiya qo‘mitasiga rasshifrovka qilish uchun beriladi. Bu haqda Qozog‘iston sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vazirligi ma'lum qildi.
“Qora qutilar” aviahalokat joyida ish olib borgan tergov-tezkor guruhi tomonidan 28 dekabrda topilgandi. Ular ekspertizaga 29 dekabrda beriladi.
Olmaota-Nur-Sulton reysini bajargan samolyot havoga ko‘tarilishi vaqtida halokatga uchragandi. Uning bortida 98 kishi bo‘lgan, ulardan 12 nafari halok bo‘lgan, 49 nafari jarohat olgan.
Samolyotning qulashiga olib kelgan asosiy sabablar sifatida uchuvchilarning xatosi, yomon ob-havo sharoiti va texnik nosozlik aytilmoqda. Ayni vaqtda voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025