Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dovon yo‘lidagi hodisada haydovchi halok bo‘ldi
2019 yil 28 dekabrda soat 17:10 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 223-km.da haydovchi - Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashagan, 1994 yilda tug‘ilgan D.O. “Isuzu” rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan. Shundan so‘ng, avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi - Uychi tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan V.M. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Isuzu” haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa “Isuzu” haydovchisining xavfli burilishda harakat xavfsizligini ta'minlay olmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB haydovchilardan tog‘li dovon yo‘lida harakatlanayotganda o‘ta hushyor va yo‘l harakati qoidalariga qat'iyan amal qilishni so‘rab qolgan.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026