Jahon | 13:00 / 05.01.2020
52577
2 daqiqa o‘qiladi

«Uchinchi jahon urushi» haqidagi heshteg AQShda sarosima keltirib chiqardi

Foto: REUTERS/Mohammed Salem

AQShning harbiy xizmatga chaqiruv xizmati sayti (Selective Service System, SSS) «yolg‘on xabar» sababli ishlamay qoldi. Bu haqda xizmat tvitterda ma'lum qildi.  

«Saytimiz yolg‘on xabarlar tarqalishi tufayli trafik oshgach muammo his qilmoqda», deyilgan xabarda.  

AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘i bilan eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgan, Eron rahbariyati general o‘limi uchun o‘ch olishga va'da berdi va amerikaliklar o‘rtasida sarosima boshlandi.

Gap shundaki, tvitterda «Uchinchi jahon urushi» (#WWIII) heshtegi eng ommaviy heshteglardan biriga aylandi. Sarosimaga tushgan foydalanuvchilar bir kundan kamroq vaqt ichida ushbu mavzu bo‘yicha 3 milliontadan ko‘proq tvit qoldirishgan.

Odamlar armiyaga chaqiruv boshlanishidan xavotirga tushib, ommaviy ravishda Selective Service System saytiga kira boshlashgan. 1973 yildan boshlab AQSh armiyasi shartnoma asosida xizmat qiluvchilar hisobiga to‘ldiriladi. Biroq safarbarlik vaqtida ba'zi toifadagi fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin va ularning ro‘yxati chaqiruv xizmati saytida e'lon qilinadi.

Mavzuga oid