Eronning Kirmon şahrida Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinida ikkita portlaş röy berdi.

IRNA davlat agentligi xabariga köra, bu vaqtda general Sulaymoniyning ölimiga tört yil tölgani munosabati bilan uning qabri tomon motam marşi yöl olgandi.

Iran International tomonidan keltirilgan sönggi ma’lumotlarga köra, portlaş oqibatida halok bölganlar soni 95 kişini taşkil etmoqda, yana 200 dan ortiq kişi tan jarohatlari olgan.

Birinçi portlaş qabrdan 700 metr masofada, ikkinçisi —  taxminan bir kilometr masofada röy bergan.

Tasnim agentligi öz manbasiga tayanib xabar berişiça, bombalar qabristonga kiriş joyiga örnatilgan bölgan. Portlovçi qurilmalar ikkita sumkaga joylaştirilgan va masofadan turib harakatga keltirilgan. Agentlik ma’lumotiga köra, portlaşlar orasida bir neça daqiqa ötgan.

Marosim vaqtida hududda şifokorlar va tez yordam maşinalari navbatçilikda turgan, ular yaradorlarga birinçi tez yordam körsatişgan.

Şahar rahbarining xavfsizlikni ta’minlaş böyiça örinbosari portlaşlarni terakt deb baholagan. Eron Boş prokuraturasi terakt böyiça tergov boşladi.

Qosim Sulaymoniy kim edi?

Handout / EPA / Scanpix / LETA

Eron taşqi siyosatining boş mafkuraçisi bölgan Qosim Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bağdod şahridagi xalqaro aeroport hududida öldirilgandi, öşanda u ham bölgan avtomobillar karvoniga amerikalik harbiylar tomonidan aviazarba yöllangandi. Öşanda u bilan birga Iroq Xalq safarbarlik kuçlari qömondoni örinbosari Abu Mahdi al-Muhandis ham halok bölgan.

AQŞning öşa vaqtdagi prezidenti Donald Tramp öşa kuniyoq bu amerikaliklarning maxsus amaliyoti bölganini tan olgandi. Tramp Sulaymoniy Eronda köp sonli namoyişçilarning öldirilişiga aloqadorligi, şuningdek köp yillar mobaynida «minglab amerikaliklarni öldirgani yoki yaralagani» va «yana köproq amerikaliklarni öldirişni rejalaştirgani»ni aytgandi. U Eronda Sulaymoniydan «nafratlanişlari va qörqişlari»ni ta’kidlagan, şu bilan birga, eronliklar buni heç qaçon tan olmasliklarini qöşimça qilgandi. «Uni ança yillar oldinroq yöq qiliş kerak edi», — deya xulosa qilgandi Tramp.