Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda uch oylik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Ona uch oylik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘ldi. Ammo uning bu qilmishi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fosh etildi.
IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 3 yanvar kuni IIV Transportda XTBB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Ohangaron” temiryo‘l bekati oldida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Ohangaron tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz G.I. o‘zining uch oylik chaqalog‘i V.I.ni 400 AQSh dollari evaziga “xaridor”ga sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlandi.
Hozirgi kunda V.I. Ohangaron shahar bolalar kasalxonasiga topshirilgan.
G.I.ga nisbatan Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida XTB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:29 / 13.02.2026
Prezident Ohangaronda maishiy texnika korxonasi faoliyati bilan tanishdi
14:16 / 13.02.2026
Ohangaronda mis quvurlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda
13:34 / 13.02.2026