Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 85-o‘rinni egalladi
Londonda joylashgan Henley & Partners kompaniyasi jahon mamlakatlari pasportlarining 2020 yilgi reytingini e'lon qildi.
Reytingda 57ta davlatga vizasiz kirish huquqini beradigan O‘zbekiston pasporti 85-o‘rinda qayd etilgan.
So‘nggi besh yildan buyon O‘zbekiston pasportining o‘rnida (82-85) jiddiy o‘zgarish kuzatilmagan. Hujjat 2006 yildan keyingi davrda faqat bir marta 85-o‘rindan pastga tushgan, 2015 yili 87-o‘rinni egallagan.
Yangi ro‘yxatda ham (qatorasiga uchinchi yil) Yaponiya pasporti yetakchilik qilmoqda — yaponiyaliklar 191ta davlatga viza rasmiylashtirmay borishlari mumkin. Yuqori uchlikda Singapur (190 davlat), Germaniya va Janubiy Koreya (189 tadan) ham bor.
4-8-pog‘ona guruhlaridagi 17ta davlatdan 16tasi – Yevropa mamlakatlari, bittasi – AQSh. Amerikaliklar 184ta davlatga vizasiz bora olishadi.
So‘nggi o‘rindan Afg‘oniston pasporti joy olgan (26). Undan oldin Iroq (28) va Suriya (29) pasportlari qayd etilgan.
Reytingni tuzishda fuqarolarning erkin harakatlanishi, vizasiz va soddalashtirilgan viza rejimi kabi omillar ham hisobga olingan.
Mavzuga oid
12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
18:21 / 13.08.2024