Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada yong‘inlar sababli norozilik namoyishlari boshlandi
Avstraliyada mamlakatda bir necha oydan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari sababli ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari o‘tmoqda. Bu haqda 9News telekanali xabar berdi.
Sidneyning o‘zida 20 mingga yaqin odam norozilik aksiyasiga chiqqan. Ular shahar ratushasidan parlament binosigacha yurib o‘tishgan. Namoyishlar talabalar va Extinction Rebellion harakati tomonidan tashkillashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, namoyishchilar Avstraliya bosh vaziri Skott Morrisonning iste'fosini talab qilishmoqda. Ularning fikricha, bosh vazir iqlim muammolariga yetarlicha e'tibor qaratmagan va mamlakatdagi vaziyatni eplay olmayapti. Faollar, shuningdek, yonilg‘ining yangi, ekologik toza turlariga o‘tishni talab qilishmoqda.
Norozilik namoyishlari Avstraliyaning boshqa shaharlarida, jumladan Adelaida va Melburnda ham o‘tmoqda.
Avstraliyada o‘tgan yilning oktyabridan o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Yong‘inlar sababli 7 mln gektar maydonning kuli ko‘kka sovurilgan, 25 kishi halok bo‘lgan, 1 mlrdga yaqin jonzot nobud bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026