Jahon | 14:29 / 10.01.2020
13383
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda o‘zbekistonlik migrant soxta pasport tufayli koloniyaga jo‘natildi

Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir soxta qirg‘iz pasporti tufayli koloniyaga jo‘natildi.

OAV xabariga ko‘ra, Peterburgda o‘zbekistonlik erkak soxta hujjatlardan foydalanganlikda ayblanib sudlandi. Rossiya Jinoyat kodeksining 237-moddasi bo‘yicha ayblov hukmi Kirov tuman sudi tomonidan chiqarildi.

O‘zbekistonlik yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi inspektoriga soxta pasport taqdim etgan. Huquqni muhofaza qilish idorasi xodimi o‘zbekistonlik fuqaro boshqargan «Xende» rusumli chet el avtomobilini to‘xtatdi va haydovchidan hujjatlar taqdim etishni so‘radi. Migrant Qirg‘iziston fuqarosi nomiga berilgan pasportni o‘zi bilan olib yurgan. Erkak hujjat soxta ekanligini bilgani aytilmoqda.

Sud qarori bilan o‘zbekistonlik erkak sakkiz oyga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilab qo‘yildi.

Mavzuga oid