O‘zbekiston | 08:17 / 11.01.2020
3121
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Hindistonga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 14-15 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida bo‘ladi.

Nyu-Dehli shahrida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi Raisina Dialogue 5-xalqaro konferensiyasi ishida ham ishtirok etadi.

Tashrif doirasida forumda ishtirok etuvchi xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid