O‘zbekiston | 12:10 / 13.01.2020
44443
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimi lavozimga qayta tasdiqlandi

Bugun, 13 yanvar kuni xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining yangi chaqiriqdagi ilk sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi faollari, shuningdek, prezident maslahatchisi o‘rinbosari Olim Soliyev ishtirokidagi yig‘ilishda viloyat hokimini lavozimga tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Andijon viloyati hokimi lavozimiga Shuhratbek Abdurahmonovning nomzodini xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgani o‘qib eshittirildi.

«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Andijon viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror bir ovozdan ma'qullandi.

Ma'lumot uchun, Shuhratbek Abdurahmonov 2013 yilning aprelidan buyon Andijon viloyati hokimi hisoblanadi.

Mavzuga oid