3 dekabr kuni Şahrixon tumani hokimligi e’lon qilgan videoda tandir somsa yopiladigan kamida uçta oşxonadagi tandirlar buzilganini köriş mumkin.
Tasvirlarga qaraganda, buziş tadbirlari “Uç ariq oşxonasi”, “Mehmon oşxonasi” va “Bek oşxonasi” nomli kafelarda ötkazilgan.
“Andijon viloyati hokimi topşiriğiga asosan, Şahrixon tumanida havo ifloslanişining oldini oliş hamda ekologik barqarorlikni ta’minlaş maqsadida taşkil etilgan işçi guruhi tomonidan tun-u kun reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Bugun erta tongdan havo ifloslanişiga sabab bölayotgan obektlar faoliyati joyida örganilib, talablarga javob bermayotgan umumiy ovqatlaniş va aholiga maişiy xizmat körsatiş obektlarida faoliyatini vaqtinça töxtatiş böyiça qat’iy çoralar körilmoqda”, – deyiladi tuman hokimligi bayonotida.
Xabar yangilandi: Voqea internetda rezonansga sabab bölişi ortidan, hokimlikning Telegram-kanalidan bu xabar, unga ilova qilingan video va suratlar öçirib yuborildi.
Andijon viloyati hokimligi uşbu holat zudlik bilan örganilib, mas’uliyatsizlikka yöl qöygan tuman hokimiga intizomiy jazo çorasi sifatida «hayfsan» berilgani, bunday holatlarni takrorlamaslik borasida tuşuntiriş işlari olib borilganini xabar qildi.
Avvalroq Toşkentda dudburonsiz kabob pişirayotgan kafelarga çora körilgan edi.
Şahrixondagi reyddan tuman hokimligi e’lon qilgan (va keyinroq öçirib yuborgan) video va suratlar:















