Bugun, 13 yanvar kuni xalq deputatlari Andijon viloyati kengaşining yangi çaqiriqdagi ilk sessiyasi bölib ötdi.

Viloyat hokimligi faollari, şuningdek, prezident maslahatçisi örinbosari Olim Soliyev iştirokidagi yiğilişda viloyat hokimini lavozimga tayinlaş masalasi ham körib çiqildi.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Andijon viloyati hokimi lavozimiga Şuhratbek Abdurahmonovning nomzodini xalq deputatlari Andijon viloyati kengaşi sessiyasida tasdiqlaş töğrisida taqdimnoma kiritilgani öqib eşittirildi.

«Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Andijon viloyati Kengaşi tomonidan «Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Andijon viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlaş töğrisida»gi qaror bir ovozdan ma'qullandi.

Ma'lumot uçun, Şuhratbek Abdurahmonov 2013 yilning aprelidan buyon Andijon viloyati hokimi hisoblanadi.