Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtaobod paxta tozalash» AJdagi kirdikorlar fosh etildi - Bosh prokuratura
Foto: REUTERS/Stringer/Files
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati Sardoba tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, unda “Paxtaobod paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 2019 yil paxta hosilini qabul qilishda, 15 ta holatda fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta xomashyosini maskanga topshirilganligi to‘g‘risida soxta ma'lumotlar tuzishib, 90,5 mln. so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “Paxtaobod paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026
Human Righs Watch O‘zbekiston hukumatini fermerlarga erkinlik berishga chaqirdi
12:49 / 10.12.2025
O‘zbekistonda paxta, g‘alla va sholi yetishtirishda yuqori natijalar qayd etildi
11:02 / 10.12.2025