Sport | 19:52 / 25.01.2020
13894
2 daqiqa o‘qiladi

Lyubinko Drulovich: «Qizil kartochka yo‘q edi...»

Foto: Tribuna.uz

Osiyo chempionati-U23 3-o‘rin uchun o‘yinidan so‘ng Avstraliya hamda O‘zbekiston jamoalarining bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan Lyubinko Drulovich OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

«Ikkinchi bo‘limni raqib juda yaxshi boshlab gol urdi. Keyin esa qizil kartochka. Menimcha, Oybek qizil kartochkaga mos harakat qilmagandi, u shunchaki to‘pga o‘ynadi.

Mening shartnomam ushbu oyda yakunlanadi. Hali kelajakda nima qilishimni bilmayman. Biz yaxshi musobaqa o‘tkazdik. Saudiya bilan o‘yinda ham raqibdan yaxshiroq bo‘ldik. Shogirdlarim bilan faxrlanaman.

Bizning jamoada talantli, katta professional futbolchilar yig‘ilgan. Olimpiadaga chiqish bizning orzumiz edi. Oxirgi ikki o‘yinda 1:0 hisobida yutqazdik. Ha, juda ko‘p imkoniyat yaratdik, ammo ulardan foydalanishda muammo bo‘ldi. To‘g‘risi, buning sababini bilmayman.

O‘zbekistonda meni tanqid qilishadi? Bu normal holat. Men professionalman, 40 yildan buyon futbolning ichidaman, tanqidni qabul qila olaman. Ha biz chiroyli o‘ynadik, lekin natija bo‘lmadi. Men olimpiadaga chiqishni juda ham xohlagandim.»,— deb Drulovichning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Mavzuga oid