Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada kuchli zilzila yuz berdi
Turkiyaning sharqida kuchli zilzila yuz berishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqarmasi (AFAD) ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, 13 kishi Elyazig‘, 4 kishi Malatya va bir kishi Diyorbakir viloyatlarida halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 651 kishi jarohatlangan.
AFAD ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,8 ballni tashkil qilgan. Zilzila Elyazig‘ viloyatining Sivrij shahrida 24 yanvar soat 20:55da qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilziladan keyin 118ta aftershok (2,7dan 5,4 magnitudagacha) qayd qilingan.

Ushbu zilzila Turkiyada 500 mingga yaqin odamga ta'sir qilgan.
Ma'lum qilinishicha, zilzila oqibatida binolarga shikast yetgan. Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv xizmatlarining mingga yaqin xodimi jo‘natilgan.

Yer osti silkinishlari Suriya, Livan, Iroq va Eron hududida ham sezilgan.
Turkiyada kuchli zilzilalar bo‘lib turadi. 1999 yilda Izmit shahrida ro‘y bergan 7,6 balli yer osti silkinishi oqibatida 17 ming kishi halok bo‘lgandi.
Bugungi zilziladan jabrlangan hudud poytaxt Anqaradan 550 kilometr sharqda joylashgan. Bu hududda aholi siyrak yashaydi va shu tufayli talofatlar haqidagi ma'lumotlar uzilishlar bilan kelmoqda.
Sivrij shahrida 4 mingga yaqin kishi yashaydi, Tigr daryosi manbasi bo‘lgan Hazar ko‘li yoqasida joylashgan bu shahar turistlar orasida mashhur hisoblanadi.





Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026