Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:35 / 26.01.2020
12550
2 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston koronavirus sababli Xitoy uchun vizasiz rejimni to‘xtatdi
Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin Xitoyda tarqalgan koronavirusning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va Qozog‘istonda uning oldini olishga qaratilgan choralar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
“Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Xitoydagi koronavirusning Qozog‘iston hududida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rishni buyurdi”, deb aytgan Mamin yig‘ilishda.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra bosh vazir quyidagi choralarni ko‘rishni topshirgan:
- davlat chegarasidagi, jumladan havo, avtomobil va temir yo‘l transporti obektlari o‘tkazish punktlarida sanitar-epidemiologik va migratsion nazoratni kuchaytirish;
- Xitoydan kelayotgan barcha shaxslar ortidan ularning yashash joyi bo‘yicha tibbiy kuzatuv o‘rnatish;
- Xitoyga xizmat safarlarini cheklash hamda shaxsiy va sayyohlik maqsadlarida Xitoyga bormay turishni tavsiya qilish;
- Xitoydan kelayotgan tranzit yo‘lovchilar uchun Qozog‘iston hududida 72 soat davomida vizasiz qolish rejimi amal qilishini to‘xtatish;
- “Xorgos” xalqaro chegarabo‘yi hamkorligi markazining Qozog‘istondagi qismi ishini vaqtinchalik to‘xtatish;
- Xitoydagi Qozog‘iston fuqarolariga konsullik va boshqa yordam ko‘rsatish maqsadida ular bilan ishlarni faollashtirish;
- zarurat bo‘lganda Uxandagi qozog‘istonlik talabalar va boshqa fuqarolarning favqulodda evakuatsiyasini ta'minlash.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026