Toyloqda jinoyatni ochishda yordam bergan fuqaro taqdirlandi
22 yanvar kuni soat 19:00 atrofida Samarqand viloyati Toyloq tumani hududidan o‘tgan A-377 avtomobil yo‘lining 23-kilometrida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, noma'lum shaxs boshqaruvidagi noma'lum rusumli avtomashina ayol kishini urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan. Piyoda turli jarohatlar bilan hodisa joyida vafot etgan.
Aybdorni topish maqsadida tuman IIB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, surishtiruv ishlari boshlanadi. Tasodifan o‘sha kungi voqea shu yo‘lda harakatlanayotgan Ishtixon tumanida yashovchi A.I.ning avtomashinasiga o‘rnatilgan videoregistrator xotirasida qayd etilgan. Ana shu videoyozuv jinoyatchini topishda muhim dalil bo‘lib xizmat qiladi.
Fuqaro avval mashinadan tushib, halokat qurbonining oldiga boradi va tez tibbiy yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qiladi, keyin esa Toyloq tuman IIB xodimlariga mazkur YTHni sodir etgan shaxsning avtomashinasi haqidagi video tasmani o‘z tashabbusi bilan taqdim etadi.
Ushbu ma'lumotga asosan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida, yo‘l-transport hodisasini Toyloq tumani «Bog‘izog‘on» mahallasida yashovchi K.X. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan «GAZ-24» rusumli avtomashinasi bilan sodir etgani aniqlangan. Aybdor qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zining fuqaroviy burchini bajarib, jinoyatni ochishga ko‘maklashgan fuqaro A.I.ga Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi va Toyloq tuman hokimidan televizor sovg‘a qilindi.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024
Samarqand viloyati aholisi 4,3 mln kishiga yaqinlashdi
15:49 / 02.10.2024