Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy koronavirusga qarshi kurashga 635 mln dollar ajratdi
Xitoy hukumati yangi turdagi koronavirusning tarqalishi oldini olish va nazorat qilishga 4,4 mlrd yuan (635 mln dollar) ajratdi.
Koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan Xubey provinsiyasiga yordam qiymati 500 mln yuangacha (72 mln dollar) oshirilgan.
Xitoy moliya vazirligi va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi aholi sog‘lig‘ining asosiy xizmatlari tizimini rivojlantirish va yuqumli kasalliklarning tarqalishi oldini olish va nazorat qilishga 2020 yil uchun umumiy hisobda 60,3 mlrd yuan (8,7 mlrd dollar) ajratgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 106 nafarni, kasallanganlar soni esa 4515 nafarni tashkil qilmoqda. 60 kishi ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lib, shifoxonadan chiqarilgan.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026