Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan o‘zbekistonlik migrantlar qutqarildi
Qozog‘istonda yo‘l xodimlari «Novosibirsk-Chimkent» reysidagi avtobusning 37 yo‘lovchisini qutqarib qolishdi. Avtobus cho‘lning o‘rtasida 20 daraja sovuqda buzilib qolgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Foto: Qozog‘iston FVV
Patrul xodimlari transport vositasini 2 fevral kuni soat 23:30lar atrofida aniqlashgan. Haydovchining tushuntirishicha, avtobus «Novosibirsk-Chimkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan. 2 fevral kuni u Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tdi, ammo harakatlantiruvchi mexanizm buzilgani sababli u yo‘lda to‘xtab qolgan.
Hodisa «Qizilo‘rda-Pavlodar» avtomobil yo‘lining 203-kilometrida yuz bergan. Avtobusda o‘zbekistonlik 37 yo‘lovchi bo‘lgan. Shu bilan birga, havo harorati 20 daraja sovuqni tashkil etgani aytiladi.
Voqea joyiga mahalliy politsiya, qutqaruvchilar va yo‘l xodimlari yetib kelishgan. Ular odamlarni Shiderti qishlog‘idagi isitish punktiga olib borishni tashkillashtirishdi. Keyinchalik yo‘lovchilar boshqa transport orqali Qarag‘anda shahriga jo‘natildi.
«Politsiyachilar avtobusdagi nosozlikni bartaraf etishga yordam bermoqda», - deya ma'lum qildi politsiya.
Avtobus buzilib qolgan yo‘lda kuchli qor bo‘roni va ko‘rinish cheklanganligi sababli barcha turdagi transport vositalari uchun harakatlanish cheklab qo‘yildi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025