Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusdan bir kunda 65 kishi vafot etdi
Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi zotiljamdan vafot etganlar soni bir kun ichida 65 nafarga ko‘paydi.
Foto: Carlos Garcia Rawlins / Reuters
Koronavirus qurbonlari umumiy soni 490 nafarni, u bilan kasallanganlar 24,3 ming kishini tashkil qilmoqda.
Bir kun avval virusdan 425 kishi vafot etgani, 20,4 ming kishi kasallangani ma'lum qilingandi, 892 kishi sog‘ayib ketgan.
Xitoyning ma'muriy hududlari hisoblanuvchi Hongkongda 18 kishi, Makaoda 10 kishi, Tayvanda 11 kishi virusga chalingan. Shuningdek, Hongkongda virusdan ilk o‘lim holati qayd qilindi.
Ayni vaqtda Xitoyda kasallar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 185 ming kishi nazorat ostida qolmoqda.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida virusdan 24 ta davlatda 176 kishi kasallangan: Tailand – 25 kishi, Singapur – 24, Yaponii – 21, Janubiy Koreya – 16, Avstraliya – 13, Germaniya – 12, AQSh – 11, Rossiya – 2.
Mavzuga oid
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026
“Sinxua”: 1–3 yanvarda O‘zbekistonga aviachipta bronlari 2 baravar ko‘paydi
07:56 / 08.01.2026