Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qondagi YTH yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi
Qo‘qonda Spark va Nexia o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada yong‘in kelib chiqqan
Foto: Tergov departamenti
Internetda Qo‘qon shahrida yuz bergan YTH tasvirlangan videolavhalar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rasmiy ma'lumot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 2020 yilning 7 fevral kuni soat 21:00larda haydovchi, 24 yoshli A.R. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasida Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasidan G‘ishtko‘prik ko‘chasi yo‘nalishi tomon harakatlanib chorrahaga kelganida, o‘ziga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan 37 yoshli A.X.ning boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan.
Natijada, Spark avtomashinasining motor qismi Nexia avtomashinasining old qismiga urilishi oqibatida qisqa tutashuv hosil bo‘lgan hamda yong‘in kelib chiqqan. Haydovchilar hech qanday tan jarohati olmagan hamda shifoxonaga murojaat qilmagan.
Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:42 / 13.04.2026
O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi – IIV
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026