O‘zbekiston | 12:25 / 12.02.2020
4218
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda temir yo‘l sohasini rivojlantirish rejalashtirilmoqda

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 iyunga qadar tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Bunda Germaniyaning “Doyche Bann” kompaniyasini jalb etgan holda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish, temir yo‘l sohasida raqobat muhitini yaratish, yo‘lovchi va yuk tashish, ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishni bir-biridan ajratish, xususiy sektorni jalb qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni alohida rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ko‘zda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Transport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid