Jamiyat | 15:00 / 14.02.2020
40143
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kommunal to‘lovlarni to‘lashning 5 usuli

Foto: Click

Bugungi kunda to‘lovlarning yangi – tezroq va qulayroq usullari mavjud. Ko‘plab to‘lovlarni ofisdan yoki uydan, hatto dam olish paytida yoki chet elda ish safarida bo‘lganingizda ham amalga oshirishingiz mumkin.

Chunki ishlar soni ortib, kundagi soatlar vaqti cho‘zilmaganda, hech kim kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun o‘z vaqtini pochta yoki bank navbatlarida o‘tkazishni istamaydi. Siz esa vaqtingizni qanday tejash mumkinligi to‘g‘risida quyida o‘qing.

1. Click Evolution ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish (ilovani shu yerdan yuklab olishingiz mumkin)

Bugungi kunda ushbu ilova orqali turli xizmatlarga to‘lash imkoniyatlari mavjud. To‘lovlarning katta qismini kommunal to‘lovlar tashkil qiladi.

Ushbu to‘lov shaklining ommabopligi to‘lovchining hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazishning qulayligi va yuqori ishonchliligi bilan izohlanadi.

Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish uchun siz «to‘lov» bo‘limida qaysi xizmatlarni («kommunal to‘lovlar»), kimga (qaysi ta'minotchiga) va qancha miqdorda to‘lashni tanlashingiz zarur, keyin kerakli ma'lumotlarni (to‘lovchining shaxsiy ma'lumotlarini) kiritishingiz kerak.

2. Click telegram-boti orqali to‘lovlarni amalga oshirish

Yana bir oddiy va ishonchli to‘lov usuli bo‘lib, buning uchun O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan telegram messenjeri orqali @clickuz botidan ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Shuningdek, «to‘lov» bo‘limida qaysi xizmatlarni («kommunal to‘lovlar»), kimga (qaysi ta'minotchiga) va qancha miqdorda to‘lashni tanlashingiz kerak, so‘ngra kerakli ma'lumotlarni (to‘lovchining shaxsiy ma'lumotlarini) kiritishingiz kerak.

3. Click.uz elektron sahifadagi shaxsiy kabinet orqali to‘lovlarni amalga oshirish

Agar sizga kompyuter orqali to‘lovlarni amalga oshirish qulay bo‘lsa (ekranning kattaligi yoki internet tezligi kattaroq bo‘lgani tufayli), unda uni Click.uz sahifasidagi shaxsiy kabinet orqali oson amalga oshirishingiz mumkin. Click ilovasi biriktirilgan telefon nomer, shuningdek, PIN kodini kiritganingizdan so‘ng, barcha xizmatlarga, shu jumladan, kommunal to‘lovlar bo‘limiga ham bemalol kirishingiz mumkin. Kerakli bo‘limni shunchaki tanlang va to‘lang.

4. USSD orqali to‘lovlarni amalga oshirish

Internet orqali emas, balki mobil telefon orqali to‘lovlarni amalga oshirmoqchi bo‘lganlar uchun *880# USSD raqamdan foydalanish tavsiya qilinadi. Menyudagi kerakli bo‘limni tanlang, ma'lumotlaringizni kiriting va tez va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshiring.

Beshinchi usuli esa, oldingidek kassaga borib to‘lashdir. Lekin oddiyroq va qulayroq to‘lov usullarni o‘rganib chiqqaningizdan so‘ng siz bo‘sh vaqtingizni boshqa narsalarga sarflaysiz deb umid qilamiz. 

To‘lov o‘tganini qanday ko‘rsa bo‘ladi? Ilgari siz to‘lovni tasdiqlash uchun kvitansiyaga ega bo‘lishingiz kerak edi. Bugungi kunda qog‘oz kvitansiyalarni yig‘ishni istisno qilish mumkin:

  • Uyali telefon yoki internet xizmatlari uchun to‘lovlar kabi, har bir kommunal to‘lov uchun to‘lovchining to‘lovdan oldingi va keyingi hisob holatini ko‘rsatadigan onlayn buxgalteriya tizimi mavjud. Bu ma'lumotlarni darhol CLICK ilovasida ko‘rishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid