Har bir kompaniya öz yönalişini uşbu umumiy asos ustiga qurmoqda: obunalar, marketpleyslar, mini-ilovalar, ekotizimlar. Bu servislar töğridan-töğri köp daromad keltirmaydi, ammo foydalanuvçini ilovada uşlab turadi va kompaniya asosiy daromad topadigan servislardan tez-tez foydalanişga undaydi.

Biz kompaniyalar foydalanuvçilarni öz ilovalarida qanday uşlab qolayotganini körsatiş uçun ularning hisobotlari va mahsulotlarini örganib çiqdik.  

Birinçi çorakdagi moliyaviy körsatkiçlar

* Paynet’ning 449,5 mlrd sömlik foydasining 321,1 mlrd sömi Humo tölov tizimi operatori sotib olingandan keyin şö’ba korxonalardan olingan bir martalik dividend daromadi hissasiga töğri keladi. Bu moddani hisobga olmaganda, operatsion foyda 128 mlrd söm atrofida bölgan. 

Tölov servislari nima orqali pul işlaydi?

Hisobotlarda daromadning mahsulotlar böyiça aniq taqsimoti keltirilmagan. Ammo daromad va xarajatlar tuzilmasi, şuningdek kompaniyalarning ommaviy materiallaridan körinib turibdiki, ularning barçasida asosiy oqim tranzaksion komissiyalardir. Ular uçta qismdan şakllanadi:

  • P2P ötkazmalari uçun komissiyalar (obunasiz kartalar orasidagi ötkazma uçun 1%);
  •  xizmatlar uçun tölov komissiyalari (kommunal xizmatlar, aloqa, soliqlar, jarimalar), 
  • şuningdek ekvayring, ya’ni karta yoki QR orqali tölov qabul qilgani uçun sotuvçilardan olinadigan komissiyalar.

Uşbu uçala qism ham aslida bir xil narsaning turli körinişlari: amalga oşirilgan tranzaksiyadan olinadigan foizdir.

Unda nega obunalar, keşbeklar, mini-ilovalar va hamkorlik servislari kerak?

Ular alohida yirik pul oqimi emas, balki foydalanuvçini uşlab qoliş vositalaridir. Kompaniya obunaning özidan töğridan-töğri daromad qilmaydi, lekin obunaçi ilovadan tez-tez foydalana boşlaydi, kompaniya esa har bir tranzaksiyadan öz komissiyasini oladi.

Şuning uçun bu kompaniyalar hisobotlarini «ular foydalanuvçini qanday uşlab qolyapti» degan yondaşuv orqali bilan öqiş qiziqroq.

Click superapp qurmoqda. Payme esa payme plus obunasiga urğu bermoqda. Paynet jismoniy tarmoq, Humo karta infratuzilmasi va özini özi band qilganlar uçun möljallangan Xolis platformasiga tayanmoqda. Beelab esa VEON’ning Hambi superappi doirasida Beepul’ni moliyaviy qism sifatida rivojlantirmoqda.