O‘zbekiston | 20:22 / 16.02.2020
4536
2 daqiqa o‘qiladi

«Kobalt» va «Matiz»dagi hujjatsiz dori va BFQlar manzilga yetib bormadi

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan 2ta tezkor tadbirda narxi 135 million so‘mdan ortiq dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar aylanmasi to‘xtatildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro B.A. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashina yukxonasida fuqaro X.A.ga tegishli bo‘lgan, xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 69,4 million so‘mlik 845 dona «Apidra» va 125 dona «Seretide Diskus» nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.B. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli yengil avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida avtomashinada fuqaro M.Q.ga tegishli bo‘lgan 5ta qora rangli tselofan paketlarga joylashtirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 65,8 million so‘mlik biofaol qo‘shimchalar borligi aniqlandi.

Holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid