Navoiyda fuqaroni 260 000 000 so‘m pulga «uxlatib» ketishdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Navoiy viloyatidagi firibgarlik holati to‘g‘risida xabar berdi
2020 yil 18 fevral kuni 26 yoshli M.K. Navoiy shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lumotiga ko‘ra, u arizasida MChJ rahbari 32 yoshli F.E. birgalikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni taklif qilib, 2019 yil sentabr oyida undan 260 000 000 so‘m pul mablag‘larini olib, shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:20 / 04.10.2024
Soxta havola yuborib o‘zganing qariyb 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
09:52 / 11.09.2024
Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
16:47 / 07.08.2024