Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mersedes Bens»ni noqonuniy olib kirish rejasi ish bermadi
Toshkent viloyatidagi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga fuqaro A.D. tomonidan olib kelingan «Mersedes Bens» rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
«Mersedes Bens»ning dvigatel va kuzov raqamlari transport vositasini qayd etish guvohnomasida ko‘rsatilgan raqamlar bilan solishtirilganda, bu avtotransportdagi davlat raqami aslida boshqa avtotransport vositasiga tegishli ekani aniqlandi.
Qiymati 47,6 million so‘mlik avtomobil vaqtincha saqlovga olingan.
Bojxona organlari holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026