Toshkentda 150 tonnaga yaqin noqonuniy olma importi to‘xtatib qolindi
Xorijdan keltirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bojxonada rasmiylashtirish uchun sanitariya-epediomologik xulosa, karantin ruxsatnomasi talab etiladi va karantin ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Aks holda chetdan keltirilgan va tegishli ko‘rikdan o‘tkazilmagan qishloq ho‘jaligi mahsulotlari odamlar salomatligiga, respublika o‘simliklar olamiga ziyon yetkazishi mumkin, deb yozadi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Yaqinda respublikamizga qo‘shni davlatdan import qilingan salkam 148 tonna olmalarni «Toshkent-tovar» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida navbatdagi qonunbuzilish fosh etildi.
Aniqlanishicha, bu olmalarning eksport bojxona deklaratsiyasi yo‘q, tovarning kelib chiqish sertifikati esa shubhali.
Qo‘shni davlatdan keltirilgan olmalar aslida o‘sha mamlakatda emas, balki Eronda yetishtirilgani aniqlandi.
Muqaddam yurtimizdan tranzit tarzida chegaradosh davlatga olib o‘tilgan ushbu mevalarni so‘ngra go‘yoki qo‘shni mamlakatning tovari sifatida qayta olib kirish rejalashtirilgan.
Bu orqali yuk egalari bojxona to‘lovlaridan 657 mln. so‘mlik imtiyozlarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lishgan.
To‘xtatib qolingan olmalarning umumiy qiymati 1 mlrd. 249 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2,6 tonna anorni yashirincha olib chiqish rejasi fosh bo‘ldi
«Daut-ota» chegara bojxona posti orqali Qozog‘istonga chiqib ketayotgan «Mercedes Benz» rusumli avtotransport vositasi avtotarozida o‘lchanganida yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha og‘irlikka egaligi bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi va bu avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Ko‘rik natijasida, yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha 2,6 tonna anor hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda O‘zbekistondan olib chiqilayotgani aniqlandi.
Mazkur qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy qiymati salkam 40 million so‘mni tashkil qilmoqda.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi
08:28 / 28.12.2022