O‘zbekiston | 00:06 / 03.03.2020
7443
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi ko‘krak nishoni ta'sis etiladi

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini ta'sis etish ko‘zda tutilmoqda

Foto: yoshlarittifoqi.uz

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini samaradorligini oshirish hamda soha vakillari mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini ta'sis etish nazarda tutiladi.

Shuningdek, yurtimizda “Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni” joriy etiladi. 2020 yil 1 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlanadi.

Loyihada yurtimizda millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida “Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni”ni joriy etish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, “Do‘stlik haftaligi” va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazish mo‘ljallangan. 2020 yil 1 iyulga qadar Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada “Do‘stlik haftaligi”, “Do‘stlik” xalqaro forum-festivali va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid