Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 60 000 qalbaki dollarni fosh etishdi
Bojxona organlari tomonidan qalbaki valuta boyliklarining yurtimizga kirib kelishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan va yashil yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.A.ning bezovtalanishi bojxonachilar e'tiborini tortdi hamda ushbu shaxsning yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, bir qarashda ko‘rpadek ko‘ringan narsaning ichida g‘ayrioddiy jismlar borligi aniqlandi va sinchiklab tekshirish natijasida ushbu jismlar folgaga o‘ralgan hamda karton qog‘ozlar ichiga solingan 60.000 AQSh dollari ekanligi aniqlandi.
Eng qizig‘i shundaki, kupyuralarning seriya raqamlari bir xil bo‘lib, ularning barchasi qalbaki ekanligi fosh bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasiga binoan qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Mavzuga oid
11:40 / 11.02.2026
Uchta hududda bojxona boshliqlari pensiyaga chiqarildi
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
11:13 / 26.01.2026
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
20:07 / 25.01.2026