«Barselona» va «Napoli» ham muxlislarsiz o‘ynaydi
Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida «Barselona» – «Napoli» uchrashuvi muxlislarsiz o‘tkaziladi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, bunday qaror hukumat vakillari va kataloniyaliklar klubi rasmiylari uchrashuvida qabul qilingan. Bu chora COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq.
«Barselona» – «Napoli» uchrashuvi 18 mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida o‘tkaziladi. Jamoalarning Neapolda kechgan birinchi uchrashuvida kuchlar teng kelgandi - 1:1.
Bungacha YeChL nimchorak finali doirasida «Valensiya» – «Atalanta» hamda «PSJ» – «Borussiya» uchrashuvlari ham muxlislarsiz o‘tkazilishi aniq bo‘lgandi.
COVID-19 o‘tgan yil oxirida Xitoyda tarqala boshlagandi. Ayni vaqtga kelib infeksiya 4031 kishi o‘limiga sabab bo‘ldi, butun dunyoda 114 mamlakatda 114 814 kishida koronavirus aniqlangan. Shu bilan birgalikda, 60 mingdan ortiq kishi tuzalib ketgan.
Italiyada virus keng tarqalishi munosabati bilan 3 aprelga qadar A Seriya uchrashuvlari to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024
«Barselona» Dani Olmo transferini e’lon qildi
17:50 / 19.07.2024