Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda maktab ta'tillari e'lon qilindi, barcha ommaviy tadbirlar taqiqlandi
Koronavirus xavfi tufayli Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari uchun ta'til belgilangan vaqtdan ancha avval e'lon qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
«O‘rta ta'lim muassasalari uchun ta'tilga erta chiqish 2020 yil 16 martdan 5 aprelgacha davom etadi. 16 martdan boshlab oliy ta'lim muassasalarida masofaviy o‘qishga o‘tiladi», - deya ma'lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Erali Tugjanov.
Shuningdek, amaldorning xabar berishicha, mamlakatda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlangan.
«13 martdan boshlab yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlarni - bayram, sport, ko‘ngilochar va madaniy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi. Sog‘liqni saqlash, ta'lim, ta'minot, oziq-ovqat sanoati, savdo, bozorlar, umumiy ovqatlanish, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar va mehmonxona obektlarida sanitariya-zararsizlantirish rejimi kuchaytirildi», - dedi Tugjanov brifingda.
Kecha, 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi koronavirusni pandemiya deb e'lon qildi. 114 mamlakatdagi 126 mingdan ortiq kishi kasallikka chalindi. Vafot etganlar soni 4,6 ming kishidan oshdi. Shu bilan birga, 68 mingdan ortiq bemor kasallikdan to‘liq davolandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025