Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi
2020-2021 yillar uchun ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi tasdiqlandi. U Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-son qarorida mavjud
Dasturga muvofiq hududlarda $3,1 mlrd miqdorida import o‘rnini bosadigan va $351,6 mln miqdorida eksport qilinadigan mahalliy ishlab chiqarishni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 2 300 dan ortiq loyihalar amalga oshiriladi.
Norma’ning yozishicha, dasturda ishtirok etadigan korxonalar ro‘yxati, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar turi va 2020 va 2021 yillarda ishlab chiqarishning prognoz hajmlari hujjatga ilova qilinadigan jadvallarda muayyan iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar kesimida ko‘rsatilgan.
Dasturga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlari kichik sanoat zonalarining yer uchastkalari, faoliyat ko‘rsatmayotgan, bo‘sh turgan binolari, inshootlari, qurilishi tugallanmagan obektlari hamda muhandislik infratuzilmasini olishda ustuvorlikka ega bo‘ladi. Dasturga kiritilgan loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar to‘g‘risida (ularning narxi, texnik va miqdor ko‘rsatkichlari) ma'lumotlar esa elektron kooperatsiya portaliga birinchi navbatda joylashtiriladi.
Shuningdek, 2020-2021 yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlashtirish uchun tavsiya etiladigan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Unda 850 ta nom mavjud. Ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni xarid qilishda buyurtmachilar maxsus kontraktlarni tanlov tartib-taomillari yo‘li bilan tuzishga haqli. Ular investorga yetkazib berish boshlangan vaqtdan 2 yil davomida mahsulotlarni davlat xaridlari tizimi orqali xarid qilish kafolatini beradi. Bunda majburiy shart - sifat bo‘yicha talablarga, kelishilgan texnik va narx ko‘rsatkichlariga amal qilish. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilgan.
Dasturga kiritilgan tashkilotlar uchun mahalliylashtirilgan mahsulotlar (xizmatlar) reklamasini joylashtirishda 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda chegirmalar amal qiladi. Bunday imtiyoz Iqtisodiyot va sanoat vazirligining xulosasiga asosan Milliy teleradiokompaniya tomonidan taqdim etiladi.
2020 yilda hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasini o‘tkazish jadvali tasdiqlandi. Turli viloyatlar va Toshkent shahrining 1 346 ta korxonasi o‘z mahsulotlarini taqdim etadi.
Hujjat 10.03.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
11:44 / 01.05.2025
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi
09:51 / 15.04.2025
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
14:12 / 22.02.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?
19:32 / 11.01.2025