18:46 / 30.03.2020
17024

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq holatga munosabatini bildirdi

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld O‘zbekistonga tibbiy yordam ko‘rsatish va koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik xususida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda elchixona Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi. 

 
Germaniya elchisi O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq holatga munosabatini bildirdi

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq holatga munosabatini bildirdi 👉 https://kun.uz/91361709

Posted by Kun.uz on Monday, March 30, 2020

«Germaniya va O‘zbekiston O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon yaqin hamkorlik aloqalarini va do‘stona munosabatlarini mustahkamlab kelmoqda. Germaniya davlati, albatta, koronavirusga qarshi kurashda ham O‘zbekiston bilan birga va bu sinovni muvaffaqiyat bilan yengib o‘tamiz. 

Hamkorlikning yaqqol misoli sifatida o‘tgan haftada O‘zbekistonning Germaniya fuqarolarini o‘z yurtiga qaytarishdagi katta yordamini keltirishim mumkin. Germaniya, hozirda, O‘zbekiston uchun zarur tibbiy ko‘mak berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Biz birgamiz, biz yengamiz!», - degan Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top