Koronavirusning g‘ayrioddiy erta alomatlaridan biri aniqlandi
Barselonaning oftalmologiya markazi ICR xabariga ko‘ra, ba'zi holatlarda koronavirus erta bosqichlarda kon'yunktivit (ko‘zning kuchli qizarishi) keltirib chiqaradi.
Koronavirus havo-tomchi yo‘li orqali – infeksiya yuqtirib olgan odamning aksirishi yoki yo‘talishi natijasida yuzaga keladigan kichik tomchi zarralari orqali tarqaladi. Shuningdek, u virus yuqtirib olgan obekt bilan kontakt qilingandan so‘ng, og‘iz, burun yoki ko‘zni ushlaganda ham tarqalishi mumkin.
ICR Tibbiy direktori Ignasi Yurgens ma'lumotiga ko‘ra, ba'zi tadqiqotlar virusning kon'yuktivit keltirib chiqarishini ham ko‘rsatmoqda.
Shu tufayli, kon'yuktivit bo‘yicha oftalmologga murojaat qilgan, respirator kasalligi alomatlariga ega bo‘lgan, shuningdek, xorijda, ayniqsa, infeksiya tarqalgan hududlarda bo‘lgan odamlarning koronavirus yuqtirib olganini gumon qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha, nafas olishning qiyinlashishi, haroratning ko‘tarilishi, yo‘tal, ta'm va hid sezgilarining yo‘qolishi - COVID-19 xastaligini keltirib chiqaruvchi koronavirusni yuqtirib olganlikning alomatlari sifatida ta'kidlangan edi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022