Jahon | 15:58 / 30.03.2020
98019
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi to‘yda qatnashgan qozog‘istonlik ayolda koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonlik 60 yoshli ayolda O‘zbekistonga borib kelganidan so‘ng koronavirus aniqlangan.

Foto: Informburo.kz

Olma-ota hokimining matbuot kotibi viloyatda koronavirus yuqtirgan yana ikki fuqaro aniqlanganini tasdiqlagan. Birinchi holat Qorasaroy tumanida 1979 yilda tug‘ilgan ayolda kuzatilgan. U mahalliy yuqumli kasalliklarni davolash kasalxonasiga yotqizilgan. Ayol bilan aloqada bo‘lgan 8 kishi karantinga olingan.

Tengrinews.kz nashri xabar berishicha, ikkinchi holat Yesik shahrida kuzatilgan. Koronavirus tashxisi qo‘yilgan bu ayol biroz avvalroq Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida yashovchi qarindoshining to‘yida bo‘lib qaytgani ma'lum bo‘lgan. Ayol bilan birga yana 13 kishi O‘zbekistonda mehmon bo‘lib qaytgan va ularning barchasi karantinga olingan.

1960 yilda tug‘ilgan bu ayol ham Qorasaroydagi kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirgacha Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 294 nafarga yetdi. Ulardan 20 nafari davolandi va 1 kishi halok bo‘ldi.

Mavzuga oid