Olma-ota hokimining matbuot kotibi viloyatda koronavirus yuqtirgan yana ikki fuqaro aniqlanganini tasdiqlagan. Birinçi holat Qorasaroy tumanida 1979 yilda tuğilgan ayolda kuzatilgan. U mahalliy yuqumli kasalliklarni davolaş kasalxonasiga yotqizilgan. Ayol bilan aloqada bölgan 8 kişi karantinga olingan.

Tengrinews.kz naşri xabar berişiça, ikkinçi holat Yesik şahrida kuzatilgan. Koronavirus taşxisi qöyilgan bu ayol biroz avvalroq Qoraqalpoğistonning Törtköl tumanida yaşovçi qarindoşining töyida bölib qaytgani ma'lum bölgan. Ayol bilan birga yana 13 kişi Özbekistonda mehmon bölib qaytgan va ularning barçasi karantinga olingan.

1960 yilda tuğilgan bu ayol ham Qorasaroydagi kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirgaça Qozoğistonda koronavirus yuqtirganlar soni 294 nafarga yetdi. Ulardan 20 nafari davolandi va 1 kişi halok böldi.