Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada koronavirusni aniqlovchi qalbaki testlar ushlab qolindi
Avstraliya ichki ishlar vaziri Piter Datton fuqarolarni koronavirusni aniqlovchi import qilinuvchi qalbaki testlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, bunday testlar odamlar hayotiga va jamoat salomatligiga jiddiy xavf soladi.
Bu haqda AAR axborot agentligi xabar berdi.
Oxirgi haftalarda Avstraliya chegara qo‘shinlari tomonidan bunday qalbaki test to‘plamlari ko‘p miqdorda ushlab qolindi. Vazir bunday to‘plamlarning odamlar tomonidan qo‘llanishi tibbiy xodimlar ishiga putur yetkazishini aytgan. “Noaniq natijalar odamlarga tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishlariga xalaqit qilishi mumkin”, deb aytgan Datton.
Sidneydagi chegarachilar Avstraliyaga Osiyo davlatlarining biridan Singapur orqali jo‘natilgan shunday 200 ta qalbaki testdan iborat partiyani ushlab qolishgan. Qalbaki testlar, shuningdek, Pert va Melburnda ham aniqlangan.
Avstraliya ichki ishlar vazirining aytishicha, mamlakatda ma'qullangan yagona testlar laboratoriya testlari yoki shifokorlar tibbiy yordam ko‘rsatish joylari, jumladan shifoxona yoki klinikalarda qo‘llaydigan testlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026