Turonbankdan uchtasi birda. Salomatligingiz bilan tavakkal qilmang!
Bugungi karantin sharoitida barcha o‘zi uchun eng qulay va ishonchli bo‘lgan xizmatlardan masofaviy foydalanmoqda. Har qanday to‘lovlarni onlayn amalga oshirishga harakat qilyapti. Ya'ni, bir urinish bilan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz yumushlarini hal etib, uydan chiqmagan holda olamni qutqarishga hissa qo‘shmoqda. Ayni shu jihatni inobatga olgan holda, Turonbank jamoasi o‘z mijozlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari tizimida bir yo‘la 3 ta eng qulay, oson va optimal xizmatlarni taqdim etishni boshladi.
Endi sizda yaqinlaringiz tomonidan yuborilgan mablag‘larni tezda qabul qilish uchun ortiqcha muammolar bo‘lmaydi, ayniqsa, hozirgi sinovli kunlarda salomatligingizni garovga qo‘yib, bankma – bank sarson bo‘lib yurishning hech ham hojati yo‘q. Shunchaki, bir finjon qahva bilan uzoq masofalarni soniyalarga almashtiring. Bunda esa Turonbank doimgidek sizga yaqindan yordam berishga doim tayyor.
1. “Unistream” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan xizmat
Endilikda, chet eldan pul jo‘natmoqchi bo‘lgan do‘stingizga, Turonbankda ochilgan “UzCard” milliy valutadagi kartangizning raqamlarini aytishingizning o‘zi kifoya. U esa Unistream xalqaro pul o‘tkazmalari tarmog‘ining har qanday xizmat ko‘rsatish shoxobchasi orqali bir harakat bilan mablag‘ni daqiqalar ichida sizning onlayn hamyoningizga joylab qo‘yadi. Ahamiyatlisi shundaki, bunda sizdan ortiqcha ma'lumotlarni taqdim etish talab etilmaydi va faqatgina Turonbankning milliy valutadagi plastik kartochkasiga ega bo‘lishingizning o‘zi yetarli.
2. “Contact” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi bilan hamkorlikda navbatdagi qulaylik
Turonbank nozik ta'bli mijozlarining ham mushkulini oson qilishni maqsad qilgan. Shuning uchun ham eng ommalashgan tizimlarning deyarli barchasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda. Xususan, “Contact” xalqaro pul o‘tkazmalari tarmog‘i ham bank bilan yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Bundan buyon yaqinlaringiz tomonidan yuborilgan mablag‘larni siz real vaqt rejimida, onlayn qabul qilish imkoniyatiga egasiz.
“Unistream”dan farqli ravishda ushbu xizmat bilan Turonbankning milliy va xorijiy valutadagi “UzCard” hamda “Mastercard” plastik kartochkalariga pullarni o‘tkazish mumkin. Bunda ham xalqaro pul o‘tkazmasini amalga oshiruvchiga karta raqamlarini aytsangiz bo‘lgani. U esa “Contact” xalqaro pul o‘tkazmalari tarmog‘ining har qanday xizmat ko‘rsatish shoxobchasi yoki mazkur tizimning www.contact-sys.com sayti orqali mablag‘larni sizga taqdim etadi. O‘tkazmaning holatini “MyTuron” ilovasini yuklab olgan holda kuzatishingiz va onlayn tarzda ularni boshqarishingiz mumkin.
3. “Zolotaya Korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi bilan masofalar yanada yaqin
Butun dunyoda epidemiologik vaziyatni keltirib chiqargan koronavirus infeksiyasi sababli xorijdan yuborilgan mablag‘larni qabul qilishga qiynalyapsizmi? Xavotirga hech ham hojat yo‘q. “Zolotaya Korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi va Turonbank sizga uydan chiqmagan holda ushbu amaliyotni bajarish imkonini taqdim etadi.
Endilikda, “Zolotaya Korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimining ellik mingdan oshiq shoxobchalari, rasmiy sayti yoki mobil ilovasi orqali jo‘natilgan pul o‘tkazmalarini Turonbankning “Mastercard” xalqaro plastik kartochkalariga 24/7 rejimida AQSh dollarida qabul qilish mumkin. Kelib tushgan mazkur mablag‘larni bankomatlar orqali, bank kassalaridan naqd xorijiy valuta ko‘rinishda hamda “Uzcard” kartasiga foydali ayirboshlash kurslarida konversiya amaliyotini bajargan holda tushirib olish imkoniyati mavjud.
Moliyaviy yumushlaringizni Turonbank bilan yanada qulay va oson bajaring!
Turonbank – 30 yil siz bilan birga!
Ma'lumot uchun:
Sayt: turonbank.uz
Telegram: t.me/turonbankuz
Facebook: fb.com/turonbank
Instagram: instagram.com/turonbank
Call-center: (+998 95) 144-60-00
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 25.06.2024
Turonbank yoshlari uchun Buxoroda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
19:00 / 14.03.2024
Turonbank talabalarni o‘qish davridayoq mutaxassisga aylantirmoqda
08:59 / 30.06.2023
Turonbankning yoshlar loyihasi 400 nafar talabani qamrab oldi
19:00 / 07.06.2023