Prokurorning sud hujjatlariga nisbatan protest kiritish amaliyotiga barham berilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Sud muhokamalarida prokurorning ishtirok etishi takomillashtirilishi munosabati bilan «Prokuratura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Unga ko‘ra, «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunga bir qator o‘zgartishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Jumladan, prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga taqdimnoma kiritish yo‘li bilan shikoyat bildirishi mumkin bo‘ladi. Amaldagi tartibga binoan, buning uchun prokuror taqdimnoma emas, protest keltiradi.
Bundan tashqari, loyihada Qonunning 34-moddasi birinchi qismiga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, taraflar murojaat qilgan taqdirda sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror o‘z vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga ega bo‘ladi. Amaldagi qonunga ko‘ra, prokuror ishni suddan talab qilib olishi uchun taraflar murojaati shart qilib qo‘yilmagan. Shuningdek, loyihada prokuror yoki uning topshirig‘iga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har qanday toifasini o‘rganib chiqish huquqiga ega bo‘lishi uchun ham taraflar murojaati mavjud bo‘lishi kerakligi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli ekanligiga oid norma shunday turdagi hujjatlar ustidan taqdimnoma kiritish orqali shikoyat qilishga haqli ekanligini belgilovchi qoida bilan almashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:12 / 31.10.2024
“Xalqimizning soddaligi sabab bo‘lmoqda”- Toshkent shahar sudi raisi Panorama Airways ishiga to‘xtaldi
14:10 / 31.10.2024
Sudgacha sanatsiya qilish jarayonida davlat tomonidan yordam ko‘rsatiladi
18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
11:08 / 17.10.2024