Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston un va g‘alla eksportiga qo‘yilgan kvotani oshiradi
Qozog‘iston hukumat joriy yil may oyidan boshlab, g‘alla va un eksportiga qo‘yilgan kvota hajmini oshirishni rejalashtirmoqda.
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vaziri Saparxon Umarovning mahalliy nashrlarga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Qozog‘iston tomoni pandemiya davrida un va g‘alla eksportiga qo‘yilgan kvotani oshirishni rejalashtirmoqda.
“Ayni paytda g‘alla eksporti uchun o‘rnatilgan kvota 200 mingdan 250 ming tonnaga ko‘payishi, shuningdek, un eksporti 150 ming tonnaga ko‘payishi kutilmoqda“, — deydi u.
Bunga qadar, 15 apreldan e'tiboran Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan majlis bayoniga ko‘ra, pandemiya paytida yuzaga kelgan vaziyat inobatga olinib, barcha iste'molchilarga un va un mahsulotlari alohida topshiriq bo‘lganga qadar, birja savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida tizimli yetkazib berilishi bo‘yicha vaqtinchalik tartib o‘rnatilgandi.
Ma'lumot uchun, joriy yil qishloq xo‘jaligi prognoziga muvofiq, Qozog‘istonda g‘alla ekinlari uchun ajratilgan 22,5 million gektar maydon o‘zgarishsiz qoladi. Biroq yog‘-moy, sabzavot va yem uchun maydonlar 238 ming gektarga kengayishi mumkin.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025