Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston mehnat muhojirlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston bilan bitimni ma'qulladi
Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston bilan mehnat muhojirlarining huquqlari himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Bitim ikki mamlakatning mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish masalalarini tartibga soladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston bilan mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi.
Hujjatda ikki davlat hududlarida migratsiya oqimini tartibga solish va noqonuniy mehnatning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Kelishuvga binoan, Qozog‘istonda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik hamda O‘zbekistonda ishlayotgan qozog‘istonlik mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish ta'minlanadi.
Xususan, migrantlar mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan tan jarohati olganda, kasb kasalligini orttirganda yoki faoliyati natijasida sog‘liqqa qandaydir zarar yetkazilganda, bepul tibbiy yordam kafolatlanadi.
Shuningdek, xodimga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya beriladi.
Bundan tashqari, bitimda pedagogik, tibbiy yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mehnat muhojirlarining tegishli ma'lumotga ega ekanini tasdiqlovchi hujjatlarini tan olish, pensiya va ijtimoiy ta'minot olish kabi masalalar ham ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, 2020 yilgi davlat dasturi loyihasida «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan edi, ammo tasdiqlangan dasturdan bu band chiqarib tashlangan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025