O‘zbekiston | 22:30 / 23.04.2020
335480
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilgi Ramazonda og‘iz yopish va ochish vaqtlari

2020 yil 24 apreldan boshlab O‘zbekiston musulmonlari ham dunyoning boshqa mamlakatlaridagi musulmonlar singari Islomning to‘rtinchi arkoni bo‘lmish ro‘za ibodatini ado eta boshlaydi. Kun.uz quyida 2020 yil uchun Toshkent vaqti bo‘yicha Ramazon taqvimini hamda Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) va Iftorlik (og‘iz ochish) duolarini ham taqdim etadi. 

Boshqa shaharlar Toshkent vaqtidan quyidagi daqiqalarda farqlanadi:

Avval: Chimkent (-1), Konibodom (-5), Xo‘jand (-6), Qo‘qon (-7), Jambul (-7), Namangan (-10), Farg‘ona (-10), Marg‘ilon (-10), Andijon (-11), O‘sh (-14), Jalolobod (-15), Bishkek (-21), Olmaota (-21)

Keyin: Bekobod (+4), Turkiston (+4), Jizzax (+6), Guliston (+7), Denov (+7), Jomboy (+7), Samarqand (+9), Shahrisabz (+10), Kattaqo‘rg‘on (+12), Qarshi (+12), Nurota (+14), Navoiy (+19), Buxoro (+21), Xiva (+35), Nukus (+42)

Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi

نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْرَ رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ

Navaytu an asuvma sovma shahro ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta'aalaa, Allohu akbar.

Ma'nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun Alloh buyukdir.

Iftorlik (og‘iz ochish) duosi

اَللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَ بِكَ آمَنْتُ وَ عَلَيْكَ تَوَكَّلْتُ وَ عَلَى رِزْقِكَ أَفْتَرْتُ، فَغْفِرْلِى مَا قَدَّمْتُ وَ مَا أَخَّرْتُ بِرَحْمَتِكَ يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ

Allohumma laka sumtu va bika amantu va a'alayka tavakkaltu va 'ala rizqika aftartu, fag‘firli, ya G‘offaru, ma qoddamtu vama axxortu.

Ma'nosi: Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey mehribonlarning eng mehriboni, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgil!

Mavzuga oid