Bugun grigorian taqvimi dunyo mamlakatlarining aksariyatida asosiy taqvim hisoblanadi. 160 dan ortiq davlatda u yil hisoblaşning yagona tizimi hisoblanadi.

Yaponiya faqat grigorian taqvimidan foydalanmaydi. Mamlakatda hozirgi imperator hukmronligi boşlangan sanadan ham yil sanoği yuritiladi. Imperator Naruxito 2019 yil 1 may kuni taxtga çiqqan. Demak, bugun Yaponiyada yettinçi yil.

Grigorian taqvimidan taşqari, dunyoda eng keng tarqalgan taqvimlardan biri — islomiy taqvim. Unda yil sanoği milodiy 622 yildan boşlanadi. Bu taqvim, masalan, Jazoir, Misr, Iroq va Yaman kabi mamlakatlarda qöllanadi. Hozir bu davlatlarda 1447 yil.

Xitoyda bir neçta taqvimdan foydalaniladi. An’anaviy şarqona (oy-quyoş) taqvimga köra, hozir u yerda Yaşil Daraxt Ilon yili ostida 4722 yil ketmoqda. Bu yil 2026 yil yanvar oxirida almaşadi.

Oy-quyoş taqvimi Isroilda ham işlatiladi. Yahudiy taqvimiga köra, bugun 5786 yil.

Ayrim mamlakatlar quyoş taqvimlarining turli körinişlaridan foydalanadi. Masalan, Afğoniston va Eronda hozir 1404 yil, Bangladeşda esa 1432 yil.